15/02/2023

Joriy yilning 15- fevral kuni Navoiy shahridagi "Doʻstlik va NNTlar uyi"da OʻzNNTMA Navoiy hududiy boʻlimi, Viloyat statistika boshqarmasi va “Madad” NNT bilan hamkorlikda seminar o’tkazildi.


Tadbir davomida statistika boshqarmasi mas’ul xodimi so’zga chiqib, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining hisobotini belgilangan muddatda topshirish kerakligi aytib o’tildi.

Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 2-martga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan statistika organiga hisobot taqdim etadi.

Hisobotni topshirishda Statistika agentligining hisobot.stat.uz  rasmiy saytidan foydalaniladi.

Shuningdek, tadbir qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16-martdagi “Aholini ro’yxatga olish to’g’risida”gi O’RQ-611- sonli qonunni mazmun-mohiyati bo’yicha atroflicha ma’lumot berildi.

Seminar davomida NNTlar tomonidan hisobotlarni topshirish muddatlari, tartibi hamda aholini ro’yxatga olish tadbiri haqida berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech