2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlarining ulushi 31,5 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori koʻrsatkichlar moliya (21,0 %), transport (16,2 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (6,3 %), shuningdek, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlari va tahlil sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (4,7 %) qayd etildi.