Bugun, 13- fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o’rinbosari J. Umarov hamda Narx statistikasi bo'limi boshlig’i J. Soyibov bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi boʻyicha Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Kuzatuv davomida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oʻrganishda registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.