13/02/2023

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 100,5 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan poliz mahsulotlari umumiy hajmining 60,7 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 38,1 % i –fermer xoʻjaliklariga, 1,2 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech