✅2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyati boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 2 912,7 mlrd. soʻmdan iborat boʻlib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 31,5 %ni tashkil etdi. 2021-yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmi 11,6 % ga oshgan.
📊Hududlar kesimida yuqori oʻsish surʼatlari Zarafshon shahri (119,1 %), Konimex tumani (117,2 %), Navoiy shahri (116,5 %) va Xatirchi tumani (114,8 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.