2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 6 473,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar- sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 13,3 % ni tashkil etdi.