24/01/2023

🏢Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 25 179 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 22 844 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔸Navoiy shahri – 4 954 ta

🔸Karmana tumani – 3 761 ta

🔸Qiziltepa tumani – 3 071 ta

🔸Xatirchi tumani – 2 708 ta

🔸Navbahor tumani – 2 444 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa jami kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

🔹 savdo sohasida – 8 668 ta

🔹 sanoat sohasida – 3 957 ta

🔹 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 060 ta

🔹 qurilish sohasida – 1 761 ta

🔹 yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 1 535 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech