20/01/2023

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini mustahkamlashga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.

2023- yil 20- yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi yurist konsulti A. Muradov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2022- yil 16- dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ–810- son Qonuni keng targʻib qilish maqsadida boshqarmaning barcha xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida ushbu qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda qununda keltirib oʻtilgan moddalar -  muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma berish, iltimosnomaning shakli va mazmuni, iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar, iltimosnomaning sud tomonidan koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida xodimlarga ma’lumotlar berib oʻtildi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan batafsil javoblar berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech