2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 134,7 ming tonna goʻsht (tirik vaznda), 368,7 ming tonna sut, 309,1 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari boʻyicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Navoiy viloyati boʻyicha jami ishlab chiqarilgan
– goʻshtning 24,2 % i – Xatirchi tumani,
– sutning 35,7 % i Xatirchi tumani,
– tuxumning 29,5 % i – Karmana tumani hissasiga toʻgʻri keldi.