17/01/2023

Joriy yilning 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

325506007_860046445208008_7736603279531845273_n

Ushbu on-line muloqotlarda “1- KB” shakli hisobotining har bir boʻlimi va undagi koʻrsatkichlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Hisobot topshiruvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.

325948588_1458345477904850_6159707848282863766_n

On-line muloqotlar 2023-yilning 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

325411109_1078659203529153_1934032192553182099_n

Eslatib oʻtamiz, kichik korxona va mikrofirmalar uchun “1- KB” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.

325595138_2425281807648132_6215748040192155210_n

Tugmani bosing Tinglash GSpeech