29/12/2022

2022- yilning 21- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish muhim vazifa” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Davlat statistika qo’mitasining xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkiloti raisi, tizimda faoliyat olib borayotgan ayol xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab tadbirda xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi Z. Talipova soʻzga chiqib, yigʻilganlarga xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, shuningdek gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish ishlari bir necha yoʻnalishlarda, xususan, ayollar huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirilayotganligi alohida qayd etildi.

Yigʻilishda, shuningdek boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar salomatligiga boʻlgan eʼtiborni yanada kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, muomala va kiyinish madaniyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

O'tkazilgan davra suhbatida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech