29/12/2022

🏢Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022- yilning 1- dekabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 25 007 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 904 tani tashkil qildi (ulushi 23,6 %). Shunda xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔹Xatirchi tumani – 1 127 ta

🔹Navoiy shahar – 888 ta

🔹Zarafshon shahar – 867 ta

🔹Karmana tumani – 712 ta

🔹Navbahor tumani – 644 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🛒savdoda – 2 623 ta

🏭sanoatda – 989ta

🏨yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 503 ta

🏗qurilishda – 358 ta

🌿qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 471 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech