Navoiy viloyatida transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.
2022- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda yo‘lovchi avtomobil transporti xizmatlari ulushi 62,0 %ga yetdi (2021- yil yanvar-oktabr oylarida – 60,4 %). 2022- yilning o‘tgan davrida avtomobil transporti xizmatlari umumiy hajmida yuk tashish xizmatlari hajmi 38,0 % (2021- yilning yanvar-oktabr oylarida oylarida – 39,6 %) darajasida qayd etildi.