09/12/2022

Bugun, Viloyat statistika boshqarmasida “Korrupsiya davlat va jamiyatning rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan salbiy illatdir” xususida  seminar tashkil etildi. Unda Navoiy shahar Adliya bo’limi va Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi hamda boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Navoiy shahar Adliya bo’limi xodimi O‘. Normurodov tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar, bu borada qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumki, korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib,  kelajkni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar bugungi kunda yetuk mutaxassislar, jahon andozasi darajasidagi kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.

Dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlat eng avvalo korrupsiya, ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi.
Aks holda, bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi.

Shuningdek tadbir davomida Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi so’zga chiqib, xodimlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish, kamchilik va qonun buzilish bilan bog‘liq vaziyatlar yuzasidan ma'ruzalar qilindi. Shu bilan birga, tartib-intizom va mas'uliyatni kuchaytirish, jinoyatchilikning oldini olish muhitini mustahkamlash – huquqbuzarlikning oldini olishdagi asosiy omil ekanligi ta'kidlalab o‘tildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech