10/11/2022

2022- yilning 10- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda ilg‘or va zamonaviy metadologiyalarni keng targ‘ib etish maqasadida navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.

1-7j1a8553

Vebinar qo‘mitaning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. Unda markaziy apparat hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

2-7j1a8549

Tadbirda dastlab, 2021- yil 27- avgustdagi Vazirlar Mahkamasining 544-son “Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida” qarori ijrosi bo‘yicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “Aholining o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi darajasi “Oziq -ovqat xavfsizligini sezish darajasi” (FIES) savolnomasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

3-7j1a8539

Shundan so‘ng, qo‘mitaning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminov tizim xodimlarining malakasi va salohiyatini oshirish yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi.

Xususan, aholi turmush darajasini o‘rganishda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarining o‘rni, tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

4-7j1a8544

Seminarda mavzu yuzasidan fikr almashinib, berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech