Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda tovarlar va xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport hajmi 446,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 21,3 % ga oshdi.
Eksport tarkibida asosan katta ulushga ega tovarlari:
- kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar – 61,8 %;
- nooziq-ovqat xom-ashyo, yoqilg‘idan tashqari – 7,6 %;
- asosan material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari – 21,8 %ni tashkil etdi.