O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 30- iyundagi 21- sonli qаrоri “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi” tasdiqlangan.
Joriy yilning 7- noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasi Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarma boshlig'i Muzaffar Jomolov, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari birgalikda Xatirchi tumaniga borib, tanlanma kuzatuvga tushgan hozirda intervyuyerlar tomonidan o’tkazilayotgan 1-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi.