2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 9 321,5 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 71,7 %i o‘zlashtirilgan.
Uning tarkibida eng ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quyidagilar:
- metallurgiya sanoati – 4 261,8 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 32,8 %);
- boshqa nometall mineral mahsulotlarini ishlab chiqarish – 2 399,7 mlrd. so‘m;
- kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish – 1 611,2 mlrd. so‘m.
Axborot xizmati