2022-yilning oktabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 1,2 % ga oshgan.
Yillik oʻsishda isteʼmol narxlari indeksining oʻsish darajasi 12,2 % ga yetdi.
2022- yilning oktabr oyida narxlar va tariflar oʻsishida yetakchi oʻrinlarni aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish egallab, oy davomida ularning narxlari oʻrtacha 1,5 foizga oshdi.
Shu davrda oziq-ovqat mahsulotlari 1,4 % ga va nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,9 % ga oshgan.