Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 9 120,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 70,1 %ini tashkil etdi.
Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2 784,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va viloyatdagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 21,4 %ini tashkil etdi.
Qolgan 8,5 %i, ya’ni 1 099,2 mlrd. so‘m boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.