2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 155,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 8,1 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 3,7 % ga yetdi va 2018- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 0,7 foiz punktga kamaydi.