Joriy yilning 27-oktyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida BMT Osiyo va Tinch okeani uchun ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi (ESKATO)ning ekspertlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Aytish lozimki, Davlat statistika qoʻmitasi delegatsiyasining BMT Osiyo va Tinch okeani uchun ijtimoiy-iqtisodiy komissiyasining 8-sessiyasida ishtiroki natijalari boʻyicha “Yoʻl Xaritasi” ishlab chiqilgan edi. Mazkur oʻtkazilgan uchrashuv ham ushbu “Yoʻl Xaritasi” ijrosi doirasida tashkil etildi.
Ushbu tadbirda ESKATO ekspertlari – Alik Mdjuma Nyasulu, Anastasiya Maga va Ayodele Marshall ishtirok etishdi.
Dastlab uchrashuvda Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich ESKATO tomonidan BRM koʻrsatkichlarini uzluksiz va barqaror oʻlchovlarni taʼminlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish hamda metodologiyaga oid mavzularga aniqlik kiritish masalalarida soʻz yuritdi.
Shundan soʻng, ekspertlar mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
Uchrashuv soʻnggida barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar hamda statistika sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
stat.uz