26/10/2022

Joriy yilning 24–27-oktabr kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWEEK UZBEKISTAN haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

photo_2022-10-24_18-02-17

ICTWEEK UZBEKISTAN — Oʻzbekiston axborot texnologiyalari sohasida 2004-yildan buyon oʻtadigan har yilgi eng yirk va muhim tadbirdir.Anʼanaviy ravishda, ushbu tadbir bir formatda qator ixtisoslashgan tadbirlarni jamlaydi.

photo_2022-10-24_18-04-13-2

Haftalik doirasida sammit, xalqaro forum, ko’rgazmlar, seminarlar va turli taqdimotlar o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

photo_2022-10-24_18-04-13

ICTWEEK ning asosiy vazifasi tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etish hisoblanadi. Shuningdek, bu Oʻzbekiston AT-bozorining jozibadorligini xorijiy investorlarga namoyish etish, davlat, kompaniyalar va isteʼmolchilar oʻzaro hamkorligi uchun ideal maydonchadir.

photo_2022-10-24_18-04-14

Mazkur ICTWEEK UZBEKISTAN haftaligida Davlat statistika qo‘mitasi Rаisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi  bo`yicha o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligida qo‘mita markaziy apparat xodimlari faol ishtirok etmoqda.

photo_2022-10-25_17-28-36

Tugmani bosing Tinglash GSpeech