Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 13 004,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil etdi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 6,6 % ni tashkil etib, 852,6 mlrd. so‘m kiritildi.
Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan esa 12 151,8 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 93,4 % ulushini tashkil etdi.
Axborot xizmati