05/10/2022

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi  ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar-avgust oylarida viloyatimizda tovarlar va xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport hajmi 390,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 20,1 % ga oshdi.

 Eksport tarkibida asosan katta ulushga ega tovarlari:

 kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar - 59,4 %;

nooziq-ovqat xom-ashyo, yoqilg‘idan tashqari - 8,6 %;

asosan material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari - 23,0 %ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech