Joriy yilning 28- sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘lim xodimlari tomonidan mehnat statistikasiga oid Davlat statistika hisobotlarini taqdim etuvchi yuridik shaxslar, xususan tibbiyot muassasalari, maktabgacha ta'lim va umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining mas'ul xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda “eStat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4-Mehnat choraklik Davlat statistika hisobotini muddatidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati