Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-avgust holatiga yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 583,4 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 21,9 % ni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 258,5 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 47,4 % ni tashkil etdi.
Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 817,6 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 30,7 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati