Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5 109,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 10,6 % ga ko‘paydi. Navoiy viloyati miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 83,2 % ni tashkil etdi.