Bugun, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boʻlim boshligʻi S. Tuygʻunov shahar statistika boʻlim boshligʻi X. Zayniddinov bilan birgalikda, belgilangan reja grafik asosida Navoiy shaharning ayrim mahallarida mavjud boʻlgan dehqon va tomorqa xoʻjaliklari boʻyicha 2-DX hisoboti uchun masʻul shaxslar ishtirokida oʻquv-seminari tashkil etildi.
?Oʻquv-seminarda 2022- yil uchun tasdiqlangan 2-DX hisobotidagi koʻrsatkichlar koʻlami hamda ularni toʻldirish boʻyicha tushunchalar, shuningdek hisobotni elektron koʻrinishda taqdim etish tartib-qoidalari hisobot maʻlumotlarini haqqoniy aks ettirish va ularni shaffofligini taʻminlash kerakligi toʻgʻrisida maʻlumotlar berib oʻtildi.