30/08/2022

Joriy yilning 30- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Mustaqillik – buyuk neʼmat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda “Maʼrifat” targʻibotchisi, M. Yusupova soha xodimlarini eng ulugʻ bayram Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar iqtisodiyotimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani taʻkidlandi. Istiqlolimiz, uning beqiyos neʻmatlari, tinch va oso­yishta hayotimizning qadr-qimmati haqida tinglovchilarga aniq misollar asosida tushunchalar berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech