2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami 494,1 km suv tarmog‘i ishga tushirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 115,6 % ni tashkil etdi. Ta’kidlash joizki, ishga tushirilgan suv tarmoqlarining 76,6 % i yoki 378,5 kmi qishloq joylarda joylashgan.
Gaz tarmog‘i bo‘yicha joriy davrda 24,2 km. uzunlikdagi tarmoq ishga tushirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,7 % ni tashkil etdi. Ishga tushirilgan gaz tarmoqlarining qishloq joylardagi ulushi 63,6 % yoki 15,4 kmni tashkil etdi.
stat.uz