25/08/2022

Navoiy viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yil yanvar-iyul oylarida bu xizmatlarning ulushi 31,2 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy xizmatlar (20,9 %), transport xizmatlari (16,5 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (6,3 %), shuningdek, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlari va tahlil sohasidagi xizmatlarda (5,3 %) qayd etildi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,5 % ga yetdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech