22/08/2022

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra 2022- yil yanvar-iyul oylarida viloyatimizda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining yuqori o‘sish, yashash va ovqatlanish xizmatlarida (68,0 %), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (29,9 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida (19,9 %)shuningdek sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (19,3 %), qayd etildi.

   Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining nisbatan yuqori bo‘lmagan o‘sishi Savdo xizmatlarida  (10,3 %) qayd etildi.

  Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:

  Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 168,0 %;

  Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar  – 129,9 %;

  Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari  – 119,9 %;

 Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar  – 119,3 %;

 Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar  – 116,5 %;

 Moliyaviy xizmatlar – 115,8 %;

 Boshqa xizmatlar  – 112,8 %;

 Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar  – 112,7 %;

 Ta’lim sohasidagi xizmatlar  – 111,7 %.

 Shaxsiy xizmatlar  – 111,5 %;

  Ijara xizmatlari  – 111,3 %;

  Transport xizmatlari  – 110,4 %;

  Savdo xizmatlari – 110,3 %;

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech