Joriy yilning 19- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi M. Turdimov tomonidan boshqarma rahbariyati va ishchi xodimlariga “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirokchilarga bundan buyon davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pogʻonalarida oʻstirish, ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham berilishi aytilib, Qonunda davlat xizmatchilarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek davlat xizmati tizimi atroflicha tushuntirib oʻtildi.
Bundan tashqari davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ularning muassisi bo‘lishi, O’zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda ko‘chmas mulk olishi taqiqlanmoqda.
Umuman olganda ushbu Qonunning kuchga kirishi bugun davlat xizmatlarida shaffoflik ta’minlanadi, korrupsiya xolatlariga chek qo‘yiladi, har bir tashkilotning kadrlar tanlashda mas’uliyati yanada oshadi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati