Bugun, Navoiy shahar 19- son umumiy o’rta ta’lim maktabi faollar zalida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali, Adliya boshqarmasi hamda Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan viloyatimizdagi tashkilot, idoralar va statistika boshqarmasi xodimlariga “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar oʻtkazildi.
Tadbirda mazkur Qonunning mazmun va mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari, majburiyatlari va cheklovlar tizimi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.