2021- yil yakunlari bo‘yicha jami 121 746 ta erkaklar rahbarlik qilayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 27 966,0 mlrd so‘m sof foyda olingan bo‘lsa, 16 359 ta ayollar rahbarligidagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 312,9 mlrd. so‘m sof foyda olingan. O‘rta hisobda bitta tadbirkorlik subyektiga to‘g‘ri keladigan sof foyda miqdori tadbirkor erkak rahbarligidagi kichik tadbirkorlik subyektlarida 229,7 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, tadbirkor ayol rahbarligidagi korxonalarda bu ko‘rchatkich o‘rtacha 141,4 mln. so‘mni tashkil etdi.
stat.uz