2022-yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 4 217,8mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 101,5 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 73,5 % ni tashkil qildi.
Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 78,4 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 224,6 ming tonna – sut, 184,0 ming. dona – tuxum yetishtirildi va 4,2 ming tonna – baliq ovlandi.
Axborot xizmati