07/07/2022

Joriy yilning 6-iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti axborot-tahliliy markazi direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Zarova Yelena Viktorovna o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda strategik tahlil va axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlash borasida Rossiya tajribasi to‘g‘risida so‘z yuritilib, o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘lanishlari borasida fikr almashildi.

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari uchun Yelena Viktorovna tomonidan master-klass tashkil etildi.

Qo‘mita vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

stat.uz

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech