Joriy yilning 27- iyun kuni Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi hamda Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida “2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish” mavzusida xodimlar ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlim boshligʻi M. Yuldasheva Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati boʻyicha ishtirokchilarga axborot berib oʻtdi.
Ma’lumki, Aholini ro‘yxatga olish shunchaki statistika emas, balki bu mamlakat aholisining ma’lum bir vaqtdagi fotosuratini ko‘rish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi. Ro‘yxatga olish ma’lumotlari aholining soni, tarkibi va taqsimlanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurni uyg‘otadi. Bundan tashqari, milliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalaniladigan demografik o‘zgarishlarning tendensiyalarini o‘rganishga imkoniyat yaratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʻrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarni qiziqtirgan savollarga soha xodimi tamonidan batafsil javob olishdi.
Axborot xizmati