O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tabdirini amalga oshirishda barcha axborot, taqdimot va boshqa faoliyatlarda asosiy identifikator sifatida ishlatiladigan tadbir logotipi va shiorini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov g‘oliblari aniqlandi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 26- fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 104-son qarori va Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 15- fevraldagi 8- son qaroriga muvofiq tashkil etildi.
Tanlov va uning shartlari joriy yilning 15- fevralida Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy saytida (www.stat.uz) e’lon qilindi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tanlovning rasmiy elektron pochtasiga (This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.) 23 tadan loyihalar kelib tushdi.
Tanlovga kelib tushgan har bir loyihalar tanlov ishchi guruhi tomonidan tanlov nizom talablari asosida birma-bir ko‘rib chiqildi.
Tanlov ishchi guruhi xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish logotipi bo‘yicha g‘olib deb Umurzoqov Bobur tomonidan taqdim etilgan loyiha, O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish shiori sifatida Iskandarov Suxrobjon tomonidan taqdim etilgan “Qishloq xo‘jaligi ravnaqi farovonlik garovi!” loyihasi g‘oliblari deb topildi.
Ushbu loyihalar O‘zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda asosiy indentifikator sifatida foydalaniladi.
Tanlov ishtirokchilariga o‘z minnadorchiligimizni bildiramiz!
stat.uz