20/06/2022

2022- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 3 774 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,6 % ga oshdi.

Jami sanoat korxonalari va tashkilotlari ko‘payishining asosiy omili (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan):

- tog‘ - kon sanoati va ochiq konlarni ishlash yo‘nalishida – 24,5 % ga (jami sanoatdagi ulushi 6,5 %);
- ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoati yo‘nalishida – 12,6 % ga (jami sanoatdagi ulushi 91,7 %);
 - suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish yo‘nalishida – 27,9 % ga (jami sanoatdagi ulushi 1,5 %);
- elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 44,4 % ga (jami sanoatdagi ulushi 0,3 %) o‘sishidir.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech