“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 13-dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4551-son qaror va Davlat statistika qumitasining 2019-yil 17-dekabrdagi №-01/1-01-26-29-sonli chora-tadbirlar rejasini Navoiy viloyati statistika boshqarmasida ijrosini taʼminlash maqsadida 2022- yil 10-iyun kuni Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Murodov tomonidan boshqarma va Navoiy shaxar statistika boʻlimining jami 36 nafar ishchi xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining "Toʻlov qobliyatsizligi toʻgʻrisida"gi 2022- yil 12-apreldagi qonunining mazmun-mohiyati va uning ijrosi toʻgʻrisida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda yigʻilish ishtirokchilarning qonun boʻyicha barcha qiziqtirgan savollarga maʼruzachi tomonidan javoblar berildi.
Yigʻilish savol javoblariga boy qizgʻin xolda oʻtkazildi.