07/06/2022

Joriy yilning 7-iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning  Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻiliston mamlakatlari uchun mintaqaviy salohiyatni oshirish markazi direktori Norbert Funke bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

 Mazkur uchrashuv Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻiliston mamlakatlari uchun mintaqaviy salohiyatni oshirish markazining texnik koʻmak missiyalari samaradorligi baholash va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil qilindi.

07_06_22_1

07_06_22_2

07_06_22_3

Mazkur tadbirda qo‘mita markaziy apparati xodimlari, XJVning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Kevin Ross hamda Markaziy bank Xalqaro hamkorlik departamenti boʻlim boshligʻi Bobur Oʻktamov ham qatnashdi.

Tomonlar statistika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, XVJ bilan o‘zaro hamkorlik, shuningdek, markaz tomonidan tashkil etilayotgan onlayn oʻquv kurslari va texnik ko‘mak missiyalari samaradorligi to‘g’risida so‘z yuritdi.

Xususan, Davlat statistika qo‘mitasi XVJning “Kengaytirilgan umumiy ma'lumotlar tarqatish tizimi”ga a’zo bo‘lganligi va 24 ta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 422 makroiqtisodiy, moliyaviy va boshqa ijtimoiy ko'rsatkichlar joylashtirib borilayotganligi ta’kidlandi.

07_06_22_4

07_06_22_5

Uchrashuv yakunida milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirish, XVJning texnik ko’magi missiyasi doirasida yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, iste’mol narxlari indeksining yangilangan metodologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, qo‘mita xodimlarini o‘qitish va malaka oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eslatib oʻtamiz, Norbert Funkening Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat statistika qo‘mitasi bilan uchrashuvlar belgilangan.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech