02/06/2022

Navoiy viloyati statistika boshqarmasining bosh yurist konsulti 2022- yil 2-iyun kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navoiy shahar FVBning 1-sonli Yongʻin qutqaruv qismi ishchi xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yilning 16-martidagi «Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida"gi  OʻZR-611-sonli qonunining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida davra suhbati oʻtkazildi. 

Unda  shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish tartiblari va respondentning huquqlari kabi masalalar batafsil ma’lumotlar berildi. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-sonli qaroriga asosan Respublikamizda 2023- yilning 1-25-noyabr kunlari aholini roʻyxatga olish oʻtkaziladi.

Oxirgi marta mamlakatimiz hududida aholini roʻyxatga olish 1989-yilda oʻtkazilgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech