01/06/2022

Joriy yilning 30-31-may kunlari Toshkent shahridagi Courtyard by Marriott mexmonxonasining konfrensiyalar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ustuvor vazifalarni belgilash, mamlakatda korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy vositalarini joriy etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

010622_ivi1

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Z. Abduxamidov ishtirok etdi.

Maʼlumki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarini joriy etish hamda samarali faoliyat yuritishini tashkillashtirish vazifasini amalga oshirib kelmoqda.

010622_ivi2

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-sonli qaroriga asosan Agentlik tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi yoʻlga qoʻyildi.

010622_ivi3

Hozirda «E-Anticor.uz» elektron platformasi orqali eksperiment tariqasida 24 ta davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi samaradorligi tahlil qilinmoqda.

Joriy yilning 11-may kuni qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori bu boradagi ishlarni takomillashtirishda yana bir muhim qadam boʻldi.

010622_ivi4

Ushbu tadbir vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklari korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining 220 nafardan ortiq rahbar va xodimlari uchun oʻzaro tajriba almashish, malaka va koʻnikmalarini oshirish uchun faol muloqot maydoni boʻldi.

Tadbir so‘ngida seminar ishtirokchilariga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech