19/05/2022

  Joriy yilning 19- may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida korxona, tashkilotlar va buxgalterlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Tadbirda Viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari J. Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi koʻrashish  boʻlimi boshligʻi Z. Abduxamidov, Navoiy shahar Adliya boʻlim boshligʻi A.Xolmuminov hamda Oʻzbekiston nodavlat- notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Navoiy viloyati boʻlinmasi raisasi K. Boboqulovalar  ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmun mohiyati yuzisdan  malumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek tadbir davomida  Z. Abduxamidov oʻz soʻzida  Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tizimida korxona va tashkilotlar tomonidan Estat 4.0 dasturi orqali topshirilayotgan hisobotlarda kelib chiqayotgan muammo takliflar va korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, uning oldini olish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrar ekanligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida korrupsiya holati va uning salbiy oqibatlari aks ettirilgan videorolik yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech