05/05/2022

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi  ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yil yanvar-mart oylarida viloyatimizda tovarlar va xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport hajmi 123,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 14,9 % ga oshdi.

Eksport tarkibida asosan katta ulushga ega tovarlari:

  • kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar - 58,8 %;
  • nooziq-ovqat xom-ashyo, yoqilg‘idan tashqari - 16,2 %;
  • asosan material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari - 16,1 %ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech