Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 2 260,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 13,0 % ga oshdi.
Shu jumladan
- yirik korxonalarning tovar aylanmasi 426,4 mlrd. so‘mni;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi* 1 834,3 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 104,4 %);
- uyushmagan savdo tovar aylanmasi esa 116,6 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 119,7 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati