2022- yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Navoiy viloyatida yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2 162,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 62,5 %ini tashkil etdi. Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 986,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va viloyatdagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 28,5 %ini tashkil etdi. Qolgan 9,0 %i, ya’ni 309,8 mlrd. so‘m boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.
Axborot xizmati