Sport bilan muntazam shugʼullanib yurgan inson doimo oʼzini tetik va yengil his etadi. Muntazam ravishda olib boriladigan sport mashgʼulotlari inson organizmining faol ravishda ishlashini taʼminlab turadi.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi va sportni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodim hamda soha bo’lim xodimlari sport mashg`ulotlariga katta e’tibor qaratgan.
Kuni kecha, sportni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodim tamonidan tashkil etilgan “Mini futbol” turi musobaqasida boshqarma bo’lim boshliqlari va xodimlar o`rtasida futbol musobaqasi o`tkazildi.
Qizgʼin bellashuvlarga boy boʼlgan mazkur tadbir koʼtarinki va oʼzaro doʼstlik ruhida bo’lib o’tdi.
Axborot xizmati